Gvardiola transfer uchun eng zo‘r hujumchini tanladi
“Manchester Siti” hamon to‘purar hujumchi qidirmoqda va bu masala bosh murabbiy Xosep Gvardiola nazoratida turibdi. Ispaniyalik mutaxassis bu ampluada “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni ko‘rishni istayotganini ma’lum qildi.
Gvardiola 20 yoshli norvegiyalik hujumchi ingliz futboli va “Siti”ning o‘yin uslubiga to‘la mos tushishini ta’kidlamoqda.
Xolandning o‘zi ham yozda jamoasini o‘zgartirish istagida. Biroq, u jamoa tanlashga qiynaladi. Chunki bugungi kunning eng zo‘r hujumchilaridan hisoblangan Erlingga Gvardiola jamoasidan tashqari “Manchester Yunayted”, “Barselona” va “Real” singari grandlardan ham jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Fikrlar