Gvardiola transferlar uchun 225 mln oladi. “Siti”ga kimlar keladi?
“Manchester Siti” rahbariyati transferlar uchun Xosep Gvardiolaga 225 million evro atrofida mablah ajratadigan bo‘ldi.
Bu mablag‘ning aksariyat qismi yozgi transferlar mavsumida sarflanadi. Xosep Gvardiola birinchi navbatda klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar Serxio Agueroning o‘rnini bosadigan kuchli hujumchi oladi. Bu o‘ringa “shaharliklar” asosan Erling Xoland va Romelu Lukakuni mo‘ljallamoqda.
Shuningdek, tayanch zonada ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Fernandinoning yozda shartnomasi yakunlanayotgani bois, bu pozitsiyasiga ham munosib nomzod qidirilmoqda. Shuningdek, ispaniyalik murabbiy o‘ng qanot himoyasini yopa oladigan futbolchini olishni rejalashtirgan.

Fikrlar