Gvardiola yulduz shogirdini kechirmadi

  • 17 aprel, 2021, 12:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida “Manchester Siti” tarkibida porlagan Yaya Ture jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlarni tiklashga qilgan harakatlari foyda bermaganini bildirdi.

Tecno

- Odam biror xato qilsa, kimdir uning o‘zidan yoki nomidan foydalanib, muammo chiqarsa, bu vaziyatni o‘nglash kerak. Mening Gvardiolaga munosabatim noto‘g‘ri edi. Men shuning uchun ham uzr so‘rashni istayman.“Manchester Siti”dagi muhim odamlar bilan gaplashib, ular yordamida vaziyatni o‘nglamoqchi bo‘ldim. Klubga maktub yozdim. Shundan beri javobni intizorlik bilan kutyapman. Agar Gvardiola javob bermaslikni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, men hech narsa qila olmayman, - dedi Ture.

Yaya Ture 2010-2018 yillar davomida “Manchester siti” sharafini himoya qilgan. Klub uchun 230 ta uchrashuv o‘tkazib, 59 ta gol urgan. Tajribali yarim himoyachi Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida 102 marta maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!