Gvardiolani Kataloniya prezidenti qilishmoqchi

  • 22.10.2019 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Kataloniya uchun birgalikda" partiyasi "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani futboldan ketib, siyosatga o‘tishini xohlamoqda.

El Confidencial nashrining yozishicha 48 yoshli mutaxassis Kataloniya mustaqilligi uchun bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.

G‘oyaga ko‘ra Gvardiola yuqoridagi partiya faoliga aylanib, Kataloniya prezidentligiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!