
Harri Keyn: Men baribir ketaman!
“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn yozda kuchliroq klubga o‘tishga harakat qiladi. 28 yoshli futbolchi faoliyati davomida birorta sovrin yutmagan. Shu bois, u yuqori maqsadlarga erishishga qodir jamoaga o‘tmoqchi.
O‘tgan yozda “Manchester Siti” uni olish uchun ancha harakat qildi. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi asosiy yulduzini katta summaga ham qo‘yib yubormadi.
Jamoani Antonio Konte qabul qilib olganiga qaramay, Harri Keyn “shporlar”ning chempion bo‘lishiga ishonmayapti.
Klub tarbyailanuvchisi hisoblangan hujumchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar