"Hudbin odam shunday qiladi"! Ronaldu qattiq tanqidga uchradi

  • 24.05.2022 22:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jon Barns Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga salbiy ta’siri haqida gapirdi. 

"Ronaldu bo‘linish va kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Agar to‘p unga etib bormasa, qo‘llarini havoga ko‘targan holda, e’tiroz bildiradi. Yaxshi namuna, to‘g‘rimi?

"Qizil iblislar"da birdamlik yo‘q. Bu tartibsizlikning sababchisi kim? 

Ronaldu o‘zini hamma ishni qoyillatib qo‘yayotgan odamdek ko‘rsatadi. Etakchi o‘zini bunday tutmaydi. Faqat o‘zini o‘ylaydigan odam shunday qiladi. 

Muxlislar Krishtianuni yaxshi ko‘radi. U yaxshi o‘ynamagan paytida ham aybdorlik hissini boshidan o‘tkazmaydi. Aslida, katta klublarda bu kabi holatlar bo‘lmasligi kerak", - dedi Liverpul" sobiq yarim himoyachisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!