Hujumchi “Roma”ni tanladi

  • 15.07.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyaning “Budyo-Glimt” klubi hujumkor futbolchisi Ola Solbakken faoliyatini “Roma”da davom ettirishga qaror qildi.

Sky Sport Italia nashrining yozishicha, 23 yoshli futbolchi o‘ziga “Napoli”dan jiddiy qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surishni istayapti. Portugaliyalik mutaxassis Konferentsiyalar ligasi turniri doirasida “Roma” darvozasini bir necha marta ishg‘ol qilishni uddalagan futbolchiga alohida qiziqish bilan qaramoqda.

Ola Solbakken  “Roma” bilan shaxsiy shartnoma bandlarini ancha oldin kelishib olgan. Ayni paytda klublar o‘zaro bir to‘xtamga kelishi kerak.

O‘yinchining Norvegiya klubi bilan shartnomasi shu yil oxirigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Toxir Sharif
15/07/2022 20:06
Nimaga tennischi ayolni rasmi qoʻyilgan
&
Абдурахмон лидер
15/07/2022 21:35
Кун иссигига томи кетвотди буларни