
Husanov va bir necha o‘yinchini qo‘yib yuborishdi!
Milliy futbol ligalarida FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus e’lon qildi. Tarkibida turli mamlakatlar terma jamoalari o‘yinchilari bor klublar ularni qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keldi.
Evropaning top-ligalaridan hisoblangan Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lans” asosy tarkibning etti nafar futbolchisi bilan vaqtincha xayrlashdi.
“Lans”dagi legionerimiz Abduqodir Husanov ham Srechko Katanetsdan chaqiruv oldi va terma jamoamiz ixtiyoriga etib keldi.
20 yoshli markaziy himoyachi 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yordam berishi kerak.
Futbolchilarimiz orzusidagi musobaqa – jahon chempionatiga chiqish uchun Eron, Qatar, KXDR, Qirg‘iziston va BAA kabi terma jamoalar bilan raqobatlashadi. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga yo‘llanma oladi. Keyingi ikki o‘rin sohiblari saralashni davom ettiradi.
Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan le11hdf.fr nashri “Lans”dan terma jamoalarga jalb qilingan o‘yinchilar va uchrashuv vaqtlari bo‘yicha ma’lumot tarqatib, muxlislarni jamoa vakillarini xalqaro maydondagi bahslarda ham qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Qizig‘i shundaki, lansliklar safida deyarli barcha qit’alar – Evropa, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikadan futbolchilar bor ekan. Buni quyidagi ro‘yxatdan bilib olsa bo‘ladi.
5 sentyabr:
O‘zbekiston ( Husanov ) – Shimoliy Koreya, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Shotlandiya – Polsha ( Frankovski ), Millatlar ligasi ( A Liga ).
6 sentyabr:
Frantsiya ( Samba ) – Italiya, Millatlar ligasi ( A Liga ).
Sloveniya – Avstriya ( Danso ), Millatlar ligasi (V Liga ).
Senegal ( Mendi ) – Burkina-Faso ( Koffi ), 2025 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi.
7 sentyabr:
Braziliya – Ekvador ( Chaves ), 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
8 sentyabr:
Xorvatiya – Polsha ( Frankovski ), Millatlar ligasi ( A Liga ).
9 sentyabr:
Burundi – Senegal ( Mendi ), 2025 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi.
Frantsiya ( Samba ) – Belgiya, Millatlar ligasi ( A Liga ).
Norvegiya – Avstriya ( Danso ), Millatlar ligasi (V Liga ).
10 sentyabr:
Qirg‘iziston – O‘zbekiston ( Husanov ), 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Burkina-Faso ( Koffi ) – Malavi, 2025 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi.
Ekvador ( Chaves ) – Peru, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi.
Abduqodir Husanov turli yoshdagi terma jamoalarimizda to‘p tepgan. 2023 yilning 11 iyunidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi.
Markaziy himoyachi hozirga qadar mamlakatimiz bosh jamoasi safida xalqaro maydonlarda jami14 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
“Roma” Shomurodov va yana 18 nafar futbolchini kuzatib qo‘ydi!
Mashhur yulduzning peshonasiga o‘zbeklar bilan o‘ynash yozilgan ekan...
Husanov bo‘yicha yana xushxabar!
Fikrlar