Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?

  • 27 aprel, 00:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya Premer-ligasi ko‘chib o‘tganidan keyin dastlabki oylarda “Manchester Siti”dagi  o‘yinlari bilan porlagan Abduqodir Husanov keyingi paytda Xosep Gvardiola tomonidan uchrashuvlarda maydonga tushirilgani yo‘q.

Bu holat futbol jamoatchiligi, nufuzli manbalar, ekspertlar, mutaxassislar va oddiy muxlislar o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Qozog‘istonlik futbol sharhlovchisi va eksperti Beksulton Keulimkos 21 yoshli o‘zbek futbolchisining shaxsiy va professional xususiyatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Sports.uz portali qozog‘istonlik mutaxassisning Abduqodir Husanov haqidagi fikrlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Husanovning mentaliteti

Abduqodir Husanovning mentalitetiga hech qanday shubham yo‘q. Bu borada u juda kuchli o‘yinchi. Tartib-intizomi bo‘yicha ham gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bu borada biror salbiy ma’lumotga duch kelganim yo‘q. Hamma narsa o‘yinchining o‘ziga bog‘liq.

Husanovning maydonga tushmayotgani sababi

Bunga asosiy sabab sifatida Yoshko Gvardiola va Ruben Diashning himoya markazida bexato va yuqori darajada o‘ynayotganini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, sap qanotda yangi nom – Niko O’Rayli paydo bo‘ldi.

“Bornmut” bilan o‘yinda O’Rayli aynan Abduqodir Husanov o‘rniga maydonga tushdi va chap qanotdan joy oldi. Yoshko Gvardiol esa, himoya markaziga – Husanov o‘rniga ko‘chdi.

Husanovning o‘yin uslubi

Abduqodir Husanovning o‘yin uslubi “Manchester Siti”ga to‘g‘ri kelmaydi. Manchesterliklar uchrashuvning 70 foizi davomida to‘pga egalik qiladi va ularga birinchi pas berishda yuqori darajaga ega o‘yinchilar ko‘proq mos keladi.

Husanov katta tezlik va to‘pni olib qo‘yishda shiddatli o‘ynaydigan futbolchi, uning uslubi va harakatlari to‘p raqibda bo‘lganida ko‘proq foyda keltiradi. Shu bois, to‘pni nazorat qilib o‘ynaydigan “Manchester Siti”ga bu o‘yinchi mos emas.

Abduqodirni total pressing qo‘llab o‘ynaydigan jamoalar – “Liverpul”, “Tottenxem” va “Real Madrid”ga qarshi bellashuvlarda maydonga tushirgan ma’qul.

Husanovga qaysi jamoalar mos?

Abduqodir Husanov o‘z o‘yin uslubi bilan qaysi klublarda o‘ynashi mumkin? U “Yuventus”, “Atletiko adrid” va “Real” kabi jamoalarda o‘ynashi mumkin.

Masalan, “Real”da himoyachi Raul Asensio bor, u o‘yin uslubi bo‘yicha Husanovning kopiyasi. Lekin har qanday ispaniyalik kabi pas berish madaniyati juda yuqori shakllangan. Shu tomondan Asensioda biroz ustunlik bor.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni 20 yanvar kuni “Lans”dan 40 million evro evaziga transfer qilgan edi. 21 yoshli o‘zbek legioneri “shaharliklar” safida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasi musobaqalarida to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol ham urdi.

Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 35 million evroga baholanayotgan hamyurtimizning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!

Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?

TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?

Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!

Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
27/04/2025 11:14
Atletiko Madrid, Yuventus, Roma, Chelsea