Husanovni olib qolib, qolganlarni sotib yubor!

  • 10 mart, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” futbolchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi “Nottingem Forest” mehmoni bo‘lib, raqibga kichik hisobda yutqazdi.

Tecno

Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlari uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. “O‘rmonchilar” esa, bitta gol evaziga “shaharliklar” bilan oradagi farqni to‘rttaga etkazib, musobaqa jadvalining uchinchi qatoridagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Manchesterlik muxlislar bu mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildi. Ular “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z fikr-mulohazalari va e’tirozlarini bildirib o‘tmoqmoqda.

Fanatlar faqat Abduqodir Husanovning harakatlaridan qoniqish hosil qilayotganini ochiq aytmoqda.

Sports.uz portali “Siti” ishqibozlarining Abduqodir Husanovning o‘yiniga bildirayotgan munosabatlarini o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.

Thoccoh Steven Jumpha:

Futbolchilarimiz bu gal yaxshi ishtirok eta olmadi. Ularning aksariyati iroda ko‘rsatgani yo‘q. Hatto Umar Marmushga ham ortiqcha baho berilgan ekan. Yana faqat Abduqodir Husanov ishonchimizni oqladi. Himoyani mustahkam ushladi.

Kipngetich Rono:

Husanov ayni paytda jamoada har tomonlama faollik ko‘rsatayotgan yagona futbolchi. Qolganlari og‘ir oyoqqa o‘xshaydi.

Anearst Kvaratskhelia II:

Yana Gvardiolaning taktikasi va “o‘g‘illari” – Fil Foden va Bernardu Silva tufayli mag‘lub bo‘ldik.

Lekin, Husanov deganlari haqiqiy monstr ekan. Unga kimligingni farqi yo‘q. Bu futbolchi o‘sishda davom etib, eng yuksak cho‘qqilarga chiqishiga tilakdoshman.

Victor Ngure:

Husanovni olib qolib, qolganlarni sotib yubor!

Alexander Muduva:

Husanov bu uchrashuvda yagona jiddiy o‘yinchi bo‘ldi.

My time:

Biz maydonda faqat Abduqodirni ko‘rdik, qolganlarga ish qolmabdi!

Trapkid Balo:

Husanov maydondagi yagona foydali o‘yinchi...

De Lionell Lucky:

Bu uchrashuvda yutqazdik. Maydonda eng yuqori darajada o‘ynagan futbolchi Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Loise Loise Jontyez:

Mag‘lubiyatlar jonga tegdi. Husanov ishonsa bo‘ladigan yagona futbolchi ekan...

Abdul Doma:

Husanov bugungi kunda “Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi. Gvardiola Bernardu Silvaga ishonib, katta xato qilyapti.

Dancun Kimulwo:

Boy berilgan o‘yindan olgan yagona foydamiz –Husanovning o‘yini bo‘ldi. Abduqodir – himoya  qiroli!

Moses Musa:

Bernardu Silva o‘ynagan 90 foiz uchrashuvda yutqazyapmiz. Bu gal Gvardiol ham bo‘shlik qildi. Endi Husanov va Nikolarning davri keldi.

Adams Suleiman:

Husanov bo‘lmaganida yanada ko‘proq gol urishardi. Zo‘r himoyachi ekan. Qolganlar yaxshi harakat qilmadi.

Emmanuel Andrew:

Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Endi qariya yulduzlarga javob berib, yoshlarini o‘ynataverish kerak.

Gvardiola va Fayzullaev Husanovga qanday baho berdi?

Abbosni Evropada kutishyaptimi? Mashhur agent Husanov va Fayzullaevning farqini aytdi!

Futbol afsonasi Husanovga qanday baho berdi?

Italiyalik muxlis: O‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

“Hammasi barbod bo‘lgan paytda Shomurodov paydo bo‘ldi!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Зокир
10/03/2025 07:05
РАХМАТ АДМИНЛАР РЕСПЕКТ БУШАШМАНГЛАР!!!