Ibragimovich Piolining "Milan" bilan shartnomani uzaytirganidan bexabarmi?
"Milan" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnoma uzaytirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Pioli bilan yangi shartnoma? Men bu haqda hech narsa eshitmadim. Bu erda har kuni qandaydir yangilik bo‘ladi. Men shu erda ekanman, “Milan” jadvalda 2-o‘rinda bo‘lishi kerak”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.
“Milan” 35-turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar