
Ibragimovich: "Runi Ronalduga qaraganda ko‘proq yugurardi, kurashardi va jang qilardi"
"Milan" futbolchisi Zlatan Ibragimovich Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu birga o‘ynagan davrini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, Runi o‘sha vaqtda Ronaldudan ko‘proq vazifani bajargan.
"Ueyn bilan o‘ynagan futbolchilar baxtli edilar. Sababi, ularga Runi doim maydonda qulaylik yaratib berardi.
Angliyalik hujumchi Ronaldu bilan to‘p tepgan paytlarda barcha ish Runi tomonidan qilinardi. Ammo maqtovlarning bari Ronaldu tomon yangrardi.
Ueyn portugalga qaraganda ko‘proq yugurardi, kurashardi va jang qilardi. Menimcha, unga nisbatan adolatsizlik qilishgan va hamon shunday qilib kelishmoqda", - dedi shvetsiyalik yulduz.
Fikrlar