Ibragimovich vataniga qaytib ketdi

  • 27 may, 2020, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Milan” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich Shvetsiyaga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tish lozimki, 38 yoshli futbolchi 2 kun oldin jamoa mashg‘ulotlarida son mushaklaridan jarohat olgan edi. Shifokorlar esa uni taxminan bir oy davolanishini aytishdi. Endi Zlatan vatanida fizioterapiya muolajalarini olib yana “rossonerilar” safiga qaytib keladi.

Ibragimovich “Milan” safiga yanvarda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!