Ibragimovich: Zlatan - Evropa ligasida o‘ynaydigan futbolchi emas
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zining “Milan”dagi kelajagi haqida gapirdi.
Aytish kerakki, 38 yoshli futbolchining “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
“Zlatan futbol o‘ynash uchun tug‘ilgan va u hali ham eng yaxshi. Ko‘p narsa yaqin ikki oyda o‘zimni qanday his qilishimga bog‘liq. Bundan tashqari, klub bilan nimalar sodir bo‘lishini ham ko‘ramiz. Agar bu holat davom etsa, yangi mavsumda meni bu erda ko‘rmaysizlar. Ibragimovich – Evropa ligasida o‘ynaydigan futbolchi emas va “Milan” ham bunday darajadagi turnirga mos klub emas”, - deydi futbolchi.
“Milan” ayni damda 49 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. EChLga yo‘llanma beruvchi so‘nggi 4-pog‘onada esa 65 ochko to‘plagan “Inter” bormoqda.

Fikrlar