"Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Rossiya chempionatiga to‘liq moslashdi!"
O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari a’zosi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani haqida xabar bergan edik.
"Nijniy Novgorod" bosh direktori Ravil Izmailov bu jarayon haqida fikr bildirdi:
"Yo‘ldoshev O‘zbekiston MTJga nomzod bo‘lgan juda iqtidorli, umidli futbolchi. U Rossiya chempionatiga to‘liq moslashdi. Ibrohimhalilni muxlislarimiz hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi. Bosh murabbiyimiz Kerjakov ham uning harakatlaridan mamnun.
Insoniy fazilatlari borasida ham u bizga eng yaxshi tomonlarini namoyish etmoqda. Biz Yo‘ldoshevga klubimizdagi o‘yinlarida omad hamda kelajakdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz".
Ma’lumot uchun, legionerimiz avgust oyida "Paxtakor"dan "Nijniy Novgorod"ga yo‘l olgandi.



Fikrlar