
IFFHS aprel oyining eng yaxshi futbolchilari reytingini taqdim etdi
IFFHS o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchilari reytingini taqdim etdi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni kataloniyalik "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal egalladi. Reytingda ikkinchi o‘rnida "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir etakchisi Rafinya joylashgan. Kuchli uchlikni PSJ klubi vingeri Usmon Dembele yakunladi.
Aprel oyida Yamal kataloniyaliklar safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Laminning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Uning transfer qiymati 180 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar