Ikardi PSJda qancha maosh oladi?
Mavsumlar oralig‘ida PSJga ko‘chib o‘tgan hujumchi Mauro Ikardi yangi jamoasida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha 26 yoshli argentinalik futbolchi parijdiklar safida yiliga 10 mln evro maosh oladi. Bu esa “neradzurrilar” unga to‘lagan maoshdan deyarli ikki barobarga ko‘p deganidir.
Ma’lumot uchun, PSJ Ikardini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Fikrlar