Ikardi va rafiqasi PSJga shartini aytdi

  • 8 yanvar, 2022, 21:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi tez orada klubni tark etishi lozim. Argentinalik hujumchining o‘z hamyurti Lionel Messi bilan munosabati yaxshi emas va bundan tashqari, u o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Tecno

Yaqinda “Yuventus” Ikardini ijaraga olish bo‘yicha ish boshlagandi. Biroq, hujumchiga agentlik qilayotgan rafiqasi Vanda Nara bu taklifni rad etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ikardi PSJdan faqat to‘liq transfer qilinsagina ketadi va har qanday ijara shartnomasidan bosh tortishini bildirgan.

Ayni paytda argentinalik hujumchiga “Manchester Yunayted”dan jiddiy qiziqish bor. Angliyaliklar jamoani tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Antoni Marsyal o‘rniga Mauroni taklif qilishni rejalashtiryapti.

Ralf Rangnik hujum chizig‘ida Ronaldu va Ikardi tandemini o‘ynatmoqchiligi aytilmoqda.

Hozir Ikardining transferi 28 million evroga baholanmoqda. Futbolchi bilan 2024 yilning yoziga shartnomaga ega bo‘lgan PSJ uni yanvar oyi ichi boshqa jamoaga o‘tkazib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!