
Ikki argentinalik yulduz bir jamoaga sig‘maydi
“Yuventus” rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani yangilamaydigan bo‘ldi. Bu futbolchi katta ehtimol bilan “Inter” safiga o‘tishi kutilmoqda. Chunki Dibala o‘ziga xaridor ko‘pligiga qaramay, A Seriyada qolishga qaror qilgan.
Dibalaning milanliklar safiga qo‘shilishi boshqa bir argentinalik yulduz – Lautaro Martinesning “Inter”dagi faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu bois, “Atletiko” yozda Lautaroga taklif jo‘natmoqchi va bu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.
Madridliklar ustozi Diego Simeone o‘z hamyurti uchun Ispaniyada mukammal sharoitlar yaratib berishga tayyorligini bildirgan. Ayni paytda “Atletiko” ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
Lautaro joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga tushib, 16 ta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Paulo Dibala esa, 29 ta uchrashuvda 13 ta gol urib, oltita assist qayd etdi.
Fikrlar