Iliya Topuriya: "Jastin Getjini 2 daqiqada uxlataman!"

  • 09.06.2026 00:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya amerikalik Justin Getji hurmat chegarasini kesib o‘tganini ta’kidladi.

"Aslida, Justinni ajoyib yigit deb o‘ylardim, lekin u haddidan oshib ketdi. Ayni paytda unga nisbatan na menda, na jamoamda hurmat qoldi. Endi kamina bajarishi kerak bo‘lgan yagona ish – Getjini 2 daqiqa ichida yo‘q qilish. Men uni butun oilasi, mamlakati, xalqi ko‘z o‘ngida uxlataman!" – dedi "El-Matador".

Eslatib o‘tamiz, Topuriya va Getji to‘qnashuvi 15 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!