"Inter" "Arsenal" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 17.07.2023 12:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lukaku uchun kurashdan chiqqan "Inter" boshqa hujumchilar bilan muzokaralar o‘tkazishga qaror qildi. Klub nishoniga "Arsenal" vakili Florian Balogun tushgan. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

AQShlik hujumchi uchun "kanonirlar" 50 million funt talab qilmoqda, lekin Italiya klubi uni 40 million funtga sotib olmoqchi. Tomonlar tez orada kelishuvga erishishi kutilmoqda. 

Balogun o‘tgan mavsumda "Reyms" tarkibida ajoyib mavsum o‘tkazganidan keyin "Arsenal" safiga qaytdi. U endi ikkinchi raqamli strayker bo‘lishni istamayapti. Shu sababli, jamoani tark etishga qarshi emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!