
"Inter" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi!
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi Edin Jeko transferini yakunladi. "Inter" futbolchisi Istanbulga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi.
Hujumchi bilan 2 yillik shartnoma imzolandi. ShU tariqa, bosniyalik iqtidor sohibi 2025 yilga qadar Turkiyada to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning yillik maoshi 4 million evroni tashkil etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Inter" Jekoga yana 1 yillik shartnoma taklif qilgan. Ammo Edin bu taklifni qabul qilmagan va faoliyatida yangilikka qo‘l urishga qaror qilgan.
Fikrlar