"Inter" Gyottsega qiziqmoqda

  • 05.09.2019 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Mario Gyottsega jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 27 germaniyalik futbolchiga yozgi transferlar davridayoq qiziqish bildirgan, biroq rasmiy taklif yuborishmagan. Ular qishki transferlar davrida yana ushbu mavzuga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Gyottse “Borussiya” Dortmundda 2010-2013 hamda 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu davr mobaynida jami 200ta o‘yinda maydonga tushdi va 42ta gol hamda 60ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!