"Inter" kadr muammosiga duch kelishi mumkin
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida qo‘lidan jarohat oldi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
35 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turidan o‘rin olgan "Udineza"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Darvozabon yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng uning jarohati haqida batafsil ma’lumot berilishi mumkin.
Xandanovich "rossonerilar"ning asosiy kiperi hisoblanadi. U joriy mavsumning ortda qolgan barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Fikrlar