"Inter" o‘z tarixida hali bunaqa sharmandalikka uchramagandi

  • 16.04.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasining 30-turida Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida musobaqa debyutanti “Montsa”ni qabul qildi. Biroq Simone Indzagi shogirdlari kutilmaganda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Opta statistik portali xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” tarixda ilk bor o‘z uyida ketma-ket uchta o‘yinda gol urmasdan mag‘lub bo‘lishdi. Jamoaning g‘alabasiz seriyasi esa beshta uchrashuvga etdi - to‘rtta mag‘lubiyat va bitta durang.

Italiya A Seriyasining 30-turi natijalariga ko‘ra, "Inter" hisobida 51 ochko  bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Indzagi shogirdlari navbatdagi o‘yinni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 23 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!