“Inter” uchta yulduzidan yuz o‘girdi

  • 17.03.2021 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi transferlar vaqtida maydon markazida o‘ynaydigan futbolchilarni yangilaydigan bo‘ldi. Ana shu maqsadda, tajribali mutaxassis uch nafar yarim himoyachidan voz kechmoqda.

Calciomercato nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Mattias Vesino, Arturo Vidal va Raja Nainggolan yozda boshqa klublarga sotib yuboriladi. Milanliklar bu futbolchilar transferidan kamida 30 million evro ishlab olmoqchi.

Ayni paytda Vidalga “Flamengo”dan, Nainggolanga esa “Kalyari”dan aniq takliflar bor. Vesinoda esa, o‘ziga munosib jamoa tanlash imkoni mavjud Bu futbolchini Germaniya, Angliya va Italiya jamoalari o‘z safiga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!