"Inter"Nainggolanni transferga qo‘ydi

  • 7 iyun, 2019, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan joriy yozgi transferlar davrida jamoadan ketadi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 31 yoshli belgiyalik futbolchini transferga qo‘yishgan. Gap shundaki, Nainggolan jamoaning yangi bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kirmaydi.

O‘z navbatida uning o‘zi ham boshqa jamoaga ketishga qarshi emas. U katta ehtimol bilan yana “Roma”ga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Inter” Nainggolanni bir yil muqaddam “Roma”dan 38 mln evroga sotib olgan edi. Hozir esa uning transferi 28 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!