Irlandiyalik Xabib Nurmagomedovga jiddiy ayblov qo‘ydi
Konor MakGregor Moskvadagi matbuot anjumanida Xabib Nurmagomedovni Rossiya bayrog‘ini ko‘tarmasligi borasida gapirdi.
"Habib Rossiya bayrog‘ini ko‘targanini ko‘rdingizmi? Men uni hech qachon ko‘rmaganman. Uning otasi bizning jangimizni istamoqda. Ammo u buni xohlamayapti. Chunki tavakkal qilishdan qo‘rqyapti.
Revansh albatta bo‘ladi. Dog‘istonlikning kimligini hamma biladi. U qo‘rqqanidan qochmoqda. Mana yashirinib oldi. Men unga boraman degandim. U esa matbuot anjumanidan qochdi.
Uning jamoasidan provokatsiyalarmi? Ular shu erdami? Bu erda hech kimni ko‘rmayapman. Xo‘sh, u hozir qaerda? U, ehtimol, mamlakatda umuman yo‘qdir. Men bu erga uchib keldim. U esa boshqa tomonga ketdi”,- dedi MakGregor.



Fikrlar