Iskanderovning jamoasi kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi o‘z maydonida autsayder "Degu"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Isanerov odatdagidek to‘liq 90 daqiqa maydonda to‘p surdi. Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 8 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

K Liga. 5-tur

"Seongnam" - "Tegu" 1:2

Gollar: Yan Dong Xen (58 penaltidan) - Edgar (68), Jeong Tae Vuk (74).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!