Islom To‘xtaxo‘jaev endi "Lokomotiv" mashg‘ulotlarida. Himoyachi sobiq jamoasiga qaytdimi?

  • 22.01.2021 17:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning “Shenyang Urban” klubida faoliyat yuritayotgan Islom To‘xtaxo‘jaev bir necha kun avval "Bunyodkor" mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani borasida xabar bergandik. Himoyachi jamoasiga qo‘shilgunga qadar "qaldirg‘ochlar" bilan birga shug‘ullanishi aytilgandi. U hatto kecha bo‘lib o‘tgan "Andijon" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.

Bugun esa Islom To‘xtaxo‘jaev "Lokomotiv"da ko‘rinish berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi "temiryo‘lchilar" yig‘iniga qo‘shildi. Klub matbuot xizmati bugun "Loko"ning sport zalda shug‘ullangani aks etgan rasmlarda To‘xtaxo‘jaev ham bor.

Islom To‘xtaxo‘jaev va Oleg Zoteev "Bunyodkor"da shug‘ullanmoqda. O‘tgan mavsum "Navbahor"da o‘ynagan futbolchi ham "qaldirg‘ochlar" bilan

photo_2021-01-22_10-31-32

Qiziq! Islom To‘xtaxo‘jaev avvalroq formasini ushlab turish uchun nega sobiq jamoasi "Lokomotiv"ga bormagandi? Endi esa u "Bunyodkor"dan "temiryo‘lchilar" safiga qo‘shildi.

Ko‘ramiz, himoyachi yana Xitoyga yo‘l oladimi yoki "Lokomotiv"da qoladimi? Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!

photo_2021-01-22_10-31-59

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!