Italiya chempionatida ikkinchi davra boshlanmoqda. 20-turda "Jenoa" va boshqalar kim bilan o‘ynaydi?

  • 29 yanvar, 2021, 19:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, 29 yanvardan Italiya chempionatida ikkinchi davra boshlanadi. Kun doirasidan bitta o‘yin o‘rin olgan. Unda "Torino" - "Fiorentina" bilan bellashadi.

Tecno

Ertasi kuni bizni 3 ta bahs kutmoqda. "Milan" va "Inter" safarda harakat qilsa, "Inter" o‘z uyida o‘ynaydi.

Oyning oxirida biz uchun ahamiyatlisi "Jenoa" ishtirokidagi uchrashuv o‘tkaziladi. Eldor Shomurodov jamoasi mehmonda "Krotone"ga qarshi saf tortadi. Shuningdek, 31 yanvar kuni 5 bellashuv o‘tkaziladi.

Quyida A Seriya 20-tur bahslari bilan tanishishingiz mumkin. O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

A Seriya, 20-tur

29 yanvar

00:45. Torino - Fiorentina

30 yanvar

19:00. Bolonya - Milan

22:00. Sampdoriya - Yuventus

00:45. Inter - Benevento

31 yanvar

16:30. Spetsiya - Udineze

19:00. Kalyari - Sassuolo

19:00. Atalanta - Latsio

19:00. Krotone - JENOA

22:00. Napoli - Parma

00:45. Roma - Verona

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!