"Сiti" mundialda porlagan superdarvozabonга xaridor
2026 yildagi jahon chempionatida Norvegiya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan 35 yoshli golkiper Er’yan Nyuland «Manchester Siti» safiga o‘tishi mumkin.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, «shaharliklar»ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska tajribali darvozabonni jamoaga taklif etishga qiziqmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Nyulandga «Lids» hamda yana uchta ingliz klubi da’vogarlik qilmoqda. Agar norvegiyalik posbonning «Siti»ga transferi amalga oshsa, u klubda milliy jamoadagi sherigi Erling Holand bilan bir jamoada o‘ynaydi.
Hozirda «Manchester Siti» tarkibida tajribali darvozabonlar Janluiji Donnarumma, Jeyms Trafford va Markus Bettinelli bor. Shu bilan birga, Trafford «Nyukasl»ning transfer ro‘yxatida turgani aytilmoqda. Shu bois Mareska darvozabonlar qatorini kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda. Nyuland yozda «Sevilya»ni tark etdi va hozir erkin agent maqomiga ega.

Fikrlar