
Jahon chempionati g‘olibi Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyiga aylandi
Janubiy Koreya terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi.
Futbolchi sifatida jahon chempionatida g‘olib chiqqan va Germaniya terma jamoasini murabbiy sifatida yarim finalga olib chiqqan Yurgen Klinsmann Janubiy Koreya termasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
58 yoshli mutaxassis kelasi hafta Seulga etib keladi va 24 mart kuni Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Germaniyalik murabbiy 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, jamoani 2022 yilda Qatardagi jahon chempionatida portugaliyalik Paulo Bento boshqargan edi.
Fikrlar