Jahon chempionati tarixida ilk bor uch futbolchi kamida ettitadan gol urdi

  • 06.07.2026 03:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor bir vaqtning oʻzida uch futbolchi yettitadan gol urgan musobaqa sifatida qayd etildi. Bu koʻrsatkichga Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe, Argentina yulduzi Lionel Messi va Norvegiya hujumchisi Erling Holand erishdi.

Bungacha jahon chempionatlari tarixida uch nafar futbolchi bir musobaqada olti tadan gol urgan holat ikki marta kuzatilgan. 1954 yilgi jahon chempionatida vengriyalik Shandor Kochish 11 ta gol bilan toʻpurar boʻlgan, shuningdek, Shveytsariya vakili Yozef Hyugi, Germaniya hujumchisi Maks Morlok va Avstriya futbolchisi Erikh Probstning har biri 6 tadan gol urgan. 1958 yilgi jahon chempionatida esa fransuz Jyust Fonten 13 ta gol bilan rekord oʻrnatgan, braziliyalik Pele va nemis Helmut Ran hisobida esa 6 tadan gol qayd etilgan.

Hozircha Mbappe, Messi va Holand 2026 yilgi jahon chempionati toʻpurarlari roʻyxatida peshqadamlik qilmoqda. Biroq Argentina terma jamoasi, Fransiya va Norvegiyadan farqli oʻlaroq, hali 1/8 final bosqichida maydonga tushmagan. Argentina terma jamoasining Misrga qarshi uchrashuvi 7 iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika hududlarida oʻtkazilmoqda. Ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan musobaqa 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni sifatida turnirda Argentina terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!