Jahon chempionati U-20. O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari musobaqa uchun qaydnomalarni ma’lum qildi (foto)

CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi startiga oz vaqt qoldi. Argentina mezbonlik qiladigan turnirda yoshlarimiz "A" guruhidan joy olgan. 

Tecno

Mazkur guruhda vakillarimizga mezbon Argentina, Yangi Zelandiya hamda Gvatemala termalari raqiblik qiladi. Musobaqa 20 maydan 11 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Ochilish o‘yini Argentina va O‘zbekiston termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirning taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi uchta o‘yinni ham "Santyago-del-Estero" stadionida o‘tkazadi.

20 may kuni ochilish o‘yinida Argentina bilan o‘yin o‘tkazsak, 23 mayda Gvatemala, 26 may sanasida esa Yangi Zelandiya vakillarimizga raqiblik qiladi. Marhamat, quyida raqiblarimizning kengaytirilgan tarkiblari bilan tanishing!

Argentina.

argenti

Gvatemala.

gvatema

Yangi Zelandiya.

Darvozabonlar: Enri Grey (Angliyada ko‘rikda), Elbi Kelli-Xild, (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Kes Sims (Lyungskayl, Shvetsiya)

Himoyachilar: Isaak Xyuz (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Jekson Jarvi (Estern Suburbs, Yangi Zelandiya), Lukas Kelli-Xild (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Finn Linder (Vankuver Uaytkeps, Kanada), Everton O'Liri (Birkenxed Yunayted, Yangi Zelandiya), Adam Supik (Estern Suburbs, Yangi Zelandiya), Finn Surman (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Aaryan Raj (Estern Suburbs, Yangi Zelandiya)

Yarim himoyachilar: Fin Konchi (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Jey Xerdman (Vankuver Uaytkeps, Kanada), Noa Karunaratne (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya), Jekson Manuel (Vestern-Springs, Yangi Zelandiya), Den Makkey (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya)

Hujumchilar: Oliver Kolloti (ayni vaqtda Angliyada ko‘rikdan o‘tmoqda), Kian Donkers (NEK Neymegen, Niderlandiya), Oli Fey (Lyungskayl, Shvetsiya), Norman Garbett (Potenza, Italiya), Ben Uolles (Vellington Feniks, Yangi Zelandiya)

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!