Jahon chempionati yulduzi Rossiyada o‘ynashga tayyor
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinyaning 40 yoshli futbolchiga oid kelajak rejalari haqida uning agenti Adilson dos Santos da Kruz ma'lumot berdi. Yozgi transfer oynasida Vozinya Portugaliyaning «Shavish» klubini tark etgan edi.
Agentning ta'kidlashicha, tajribali darvozabon hali ham yuqori darajada o‘ynashni maqsad qilgan va professional faoliyatini davom ettirish niyatida.
«Rossiya, shubhasiz, uni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlardan biri. Albatta, agar u yerda unga mos keladigan sport loyihasi va munosib imkoniyat paydo bo‘lsa», — dedi da Kruz «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, agentning qayd etishicha, Vozinya Medialiga jamoalari variantlarini ham ko‘rib chiqishga tayyor, ammo uning uchun asosiy ustuvor yo‘nalish — professional klubga o‘tish.
Vozinya jahon miqyosida eng ommalashgan darvozabonlardan biriga aylandi. Bunga 2026 yildgi jahon chempionati birinchi turida Ispaniyaga qarshi o‘yinda (0:0) darvozasini daxlsiz saqlab qolgani sabab bo‘ldi. Hozirgi paytda uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 27 milliondan oshgan.

Fikrlar