Jaloliddin Masharipov bugungi final, BAA chempionati va AGMKga muxlislik qilgani haqida

  • 9 aprel, 2021, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Fors ko‘rfazi kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi chempionlik uchun "Al-Nasr" bilan kuch sinashadi. Bugungi muhim bahs oldidan legionerimiz SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. Masharipov final, chempionatning so‘nggi turlari va OChL haqida fikr bildirdi.

"Birinchi marta bu erda finalda o‘ynayman. Bu o‘yin men uchun juda ham muhim. Dubayda ham kubokni qo‘lga kiritishni xohlayman. Menimcha, ikki jamoaga ham oson bo‘lmaydi. Raqib ham ancha kuchli. Ular ichki chempionatda ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazmoqda.

Chempionat ham o‘zining ayni qizigan pallasiga kirib bormoqda. Oldinda 3ta tur qoldi. Qolaversa,  bizdan yuqorida turgan "Baniyas" bilan ham o‘ynaymiz. Chempionlik uchun oxirigacha ko‘rashamiz.

OChLga keladigan bo‘lsak, biz bu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz. Tarkibda yuqori saviyadagi futbolchilar yig‘ilgan. AGMKni guruh bosqichiga yo‘l olgani bilan tabriklayman. "Al-Garafa"ga qarshi o‘yinni olmaliqliklarga muxlislik qilgan holda tomosha qildim. O‘zbek jamoalari yana bittaga ko‘payganidan xursandman", - dedi Masharipov. 

Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al-Ahli" OChL "A" guruhidan joy olgan. Bu guruhda Saudiya Arabistoni chempioni "Al-Hilol" va Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari hamda AGMK o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!