Jaloliddin Masharipov: "Nasaf" bilan o‘yinda durang ham bizni qanoatlantirmaydi

  • 11 may, 2018, 00:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Pepsi Superliga  11-turidan o‘rin olgan "Nasaf" bilan uchrashuv arafasida o‘yin xususida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Bellashuvga tayyorgarlikni yaxshi olib bordik. Ikkala jamoa oxirgi ikki turda g‘alaba qozonmadi, yutuqni sog‘ingan jamoalar o‘ynaydi. "Nasaf" bilan to‘qnashuvlarimiz hamisha zo‘r kechadi. Ularni hozirgi paytda ahvoli yaxshi emas deyishmoqda, lekin "Paxtakor"ga qarshi jamoalar muammoni esdan chiqarib o‘ynashadi. Muxlislari oldida o‘zlarini ko‘rsatishga urinishadi.

Ehtimol, "Nasaf" joriy mavsum avvalgi yildagidek kuchli ko‘rinmayotgandir, ammo bu jamoa safida iqtidorli yoshlar etarli. Ular yaxshi saviyada futbol o‘ynay olishadi.

Biz maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Yutuq bizga judayam kerak. Mazkur uchrashuvda jamoamizni durang ham qoniqtirmaydi", - deb aytib o‘tdi Masharipov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!