Jaloliddinovning borar manzili va “Loko”ga qachon qaytishi aniq bo‘ldi

  • 21 sentabr, 2020, 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Moskvaning “Lokomotiv” klubi rahbariyati shu yilning iyul oyida “Bunyodkor”dan sotib olingan 18 yoshli hujumkor futbolchi Jasur Jaloliddinovga Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi. Klub hamyurtimizni Rossiya premer-ligasi qaydnomasidan chiqarib, o‘rniga boshqa legionerni ro‘yxatga qo‘ydi.

To‘g‘risi, ushbu transfer ancha shov-shuv bo‘lgandi. Futbolchimiz manfaatini himoya qilgan mutaxassislar, xususan uning agenti Yuriy Belous Jasurga katta baho bergandi. Rossiyalik futbol eksperti Jaloliddinov o‘z tengqurlari orasida (2002 yilda tug‘ilganlar) O‘zbekistonda eng iste’dodlisi, Osiyoda eng kuchli besh futbolchidan biri, The Guardian ekspertlari bahosi bo‘yicha o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgani, Joau Mariudan kuchli ekani va yaqin kelajakda “Lokomotiv”ning o‘yinini belgilovchi futbolchiga aylanishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek vunderkindiga Italiya, Turkiya, Ispaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridan taklif bo‘layotgani, lekin Jasurning kelajagi va xorij futboliga moslashishini o‘ylab,  "Lokomotiv" varianti ma’qul ko‘rilgani ma’lum qilin edi.

Biroq, o‘zbek futbolini yaqindan bilgan ayrim mutaxassislar Jaloliddinov Rossiya futboli uchun xali etarli darajada pishmaganini aytgani ham bor gap. Xususan, “Navbahor”ning rossiyalik bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Jasurning Rossiya chempionatiga o‘tishiga erta ekanini bir necha marotaba takrorladi.

Yurtimizda ishlagan Muhsin Muhammadiev bu futbolchi “Lokomotiv”ning yuqori jismoniy ko‘rsatkichlarni talab qiladigan o‘yin uslubiga tushmasligini aygandi.

437a355b6e3801e8e39f336858c70c39_1

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Lokomotiv” ham 1 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga olib kelingan 18 yoshli futbolchidan ko‘ra, tajribali ijrochilarga ishonch bildirishni ma’qul ko‘rdi. Qolaversa, O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyatining Jasur transferida belgilangan qoidalar buzilganini taxmin qilgani va vaziyatga oydinlik kiritilishi ma’lum vaqtni talab etgani futbolchini musobaqa qaydnomasidan o‘tkazishni kechiktirib yubordi.

Jasur “Lokomotiv”da rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurmadi. Yarim himoyachimiz Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi, xolos. To‘g‘risi, o‘yinidan nafaqat murabbiylar, bilki o‘zining ham ko‘ngli to‘lmadi.

133386_680

- Jamoaga to‘liq moslasha oldim, ammo baribir o‘z sport formamni yanada yaxshilashim kerak. Men hali 100 foiz tayyor emasman. Yuz foiz jismoniy tayyor bo‘lmasangiz, o‘zingizni to‘liq ko‘rsatishingiz qiyin”, -  dedi o‘yinan keyin Jasurning o‘zi.

Xullas, “Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni kelajak uchun xarid qildi, degan taxminlar o‘zini oqlashiga ishonch bildirgimiz kelyapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Lokomotiv” bilan besh yillik shartnomaga ega futbolchimiz O‘zbekistonga qaytadi va ijara asosida Superligada o‘ynaydi. Garchi klub nomi e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, bu jamoa “Bunyodkor” bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin. Zero, avval-boshdan bu variant ham tilga olinayotgan edi.

Shu bilan birga, “Lokomotiv” rahbariyati  rejasiga binoan, Jasur Jaloliddinov qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida klub ixtiyoriga qaytadi va yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik jarayoni natijalariga qarab, hamyurtimiz faoliyati bo‘yicha qaror qabul qilinadi.  

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

Jaloliddinov transferi mashmashasi Rossiyada ham aks sado bermoqda. Agent bor gapni aytdi!

“Jaloliddinov “Loko” ko‘rsatayotgan futbolga yaramaydi!”

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Iphone
20/09/2020 13:15
Chichqoq buzakni yugurgani somonxonagachada somonxonasiga yetip keldi
Shaxzod Abdumalikov
20/09/2020 13:07
Sikib qoyibsila aniq boldi deb ozlarini yebanutiy xulosalarini tiqib maqolaniyam tiqib qoyibsila