Jalolov yangi reytingda “uchdi”! Qolganlarchi?

  • 19 avgust, 2024, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks kengashi (WBC) barcha vazn toifalaridagi professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Tecno

Mutaxassislar o‘ta og‘ir vazn toifasida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan yagona charm qo‘lqop ustasi – Bahodir Jalolovning reytingda bir necha pog‘ona yuqorilaganiga e’tibor qaratdi.

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida vazni 92 kilogramm bokschilar o‘rtasidagi janglarda qatnashgan Bahodir Jalolov Norvegiya sharafini himoya qilgan Umar Muhammad Shixa, avstriyalik Teremoana Junior, germaniyalik Nelvi Tiafak va ispaniyalik Ayub Gadfa Drissini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi.

Havaskorlar boksidagi sovrinlari sonini ikki karradan jahon va Olimpiada chempionligi, uch karra Osiyo chempionligi, bir marotaba Osiyo o‘yinlari chempionligiga etkazgan 30 yoshli charm qo‘lqop ustasi “Parij-2024”dagi so‘nggi jangidan keyin to‘liq professional boksga o‘tishini e’lon qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, aynan mana shu omil Bahodir Jalolovning avvalgi to‘qqizinchi pog‘onadan oltinchi qatorga ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi.

Bahodir Jalolov professional ringda mag‘lubiyatsiz odimlab kelmoqda. Bu yo‘nalishdagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan hamyurtimiz hozirgacha 14 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin enggan.

Butunjahon boks kengashi (WBC) reytingida qolgan bokschilarimizning o‘z vazn toifalari bo‘yicha o‘rinlari quyidagicha ko‘rinish oldi.

Isroil Madrimov – 3-o‘rin.

Yaqinda tarixiy jangda zamonamizning eng mashhur bokschilaridan Terens Krouford bilan tengma-teng kurashganiga qaramay, hakamlar tomonidan mag‘lub, deb topilgan Isroil Madrimov bu tashkilot reytingida uchinchi pog‘onada turibdi.

Isroil hozirga qadar 10 ta g‘alaba (7 ta nokaut), bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Tajribali  bokschimiz yana chempionlik kamari uchun kurashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Shahram G‘iyosov – 7-o‘rin

Bir necha hafta avval AQShda Migel Parrani ochkolar hisobida mag‘lub etgan Shahram G‘iyosov professional boksdagi rekordini 16 ta g‘alabaga etkazdi. Bu charm qo‘lqop ustasi mag‘lubiyatsiz odimlarini davom ettirmoqda va janglaridan to‘qqiztasini muddatidan oldin yakunlagan.

Bu vazn toifasida yana bir bokschimiz Butunjahon boks kengashi reytingiga kiritildi. Jahongir Rasulov 30-pog‘onada qayd etildi.

Professional boksga uch yil oldin kirib kelgan hamyurtimiz hisobida ettita nokautli g‘alaba va bitta durang bor.

Otabek Xolmatov – 18-o‘rin

Yana bir nokautchibokschimiz Otabek Xolmatov yangi reytingda 18-pog‘onaga joylashtirildi. Holmatov uchun professional ringdagi faoliyati muvaffaqiyatli boshlangandi. Ketma-ket 11 ta jangda g‘olib chiqqan hamyurtimiz 12 raundoik so‘nggi bellashuvda raqibiga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi.

Murodjon Ahmadaliev – 4-o‘rin.

Ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kirita olgan namanganlik bokschi hali chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. 2023 yilning boshida Marlon Tapalesga imkoniyatni boy berib qo‘ygan sportchimiz, o‘sha yilning o‘zida yana g‘alabali yurishga qayta oldi.

Ahmadalievning hisobida 12 ta g‘alaba (9 ta nokaut) va bitta mag‘lubiyat bor.

Olimjon Nazarov – 35-o‘rin.  

38 yoshli professional bokschimiz asosiy faliyatini WBO yo‘nalishida olib boradi va o‘z vaznida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Olimjon Nazarov 2008 yildan beri professional janglarda qatnashib kelyapti va hozirgacha 31 ta g‘alaba (16 ta nokaut) va beshta mag‘lubiyat qayd etgan. 2017 yildagi so‘nggi mag‘lubiyatdan keyin tajribali charm qo‘lqop ustasi g‘alabali seriyasini davom ettirib kelmoqda.

Hasanboy Do‘smatov – 4-o‘rin.

Ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovni ham bundan buyon professional ringda ko‘ramiz. “Professor” professional janglarni 2019 yili boshlagan. Biroq shu paytga qadar asosiy e’tiborini havaskorlar boksiga qaratgan.

Havaskorlar boksida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan 31 yoshli charm qo‘lqop ustasi professionallar o‘rtasida oltita jangda g‘olib chiqqan (beshta nokaut) va endi bu rekordlarini oshirib, jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Legionerimiz ikkita supergol orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi!

O‘zbek bokschisi o‘ta tezkor ekan, uni hech kim “tutolmadi”!

TsSKA hujumchilardan norozi, Fayzullaev esa transferlar haqida gapirdi!

Shomurodov “Roma”da qoldimi?

Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!