Jamshid Iskanderov hozircha Toshkentda...

  • 16 yanvar, 2020, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Lokomotiv» klubi BAA yig‘inini yakunlab Toshkentga qaytgan holda 21 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi pley-off doirasida Tojikistonning «Istiqlol» jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tarkibda esa bir qator o‘zgarishlar yuz berganidan xabardorsiz.

Tecno

Shu kunlarda jamoaning pleymeykeri Jamshid Iskanderov borasida ham yangiliklar yo‘q emas. O‘tgan mavsumda «Loko» tarkibida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 marta golli uzatmani amalga oshirgan yarim himoyachining keyingi faoliyati haqida e’tiborga molik o‘zgarish yuz berishi kutilmoqda. Futbolchi «Temiryo‘lchilar» bilan BAA yig‘inida ishtirok etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u «Lokomotiv»ning ortga qaytishidan bir kun avval jamoadagilar bilan xayrlashib ketgan.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Jamshidga Qatar, Janubiy Koreya va yana boshqa chempionatlardan takliflar mavjudligi aytilmoqda. Shu bois hozirda uning yangi klubga qo‘shilgani taxmin qilinayotgandi. Lekin voqealar rivoji hali bu darajaga etib borgani yo‘q. Boisi, Iskanderov ayni paytda Toshkentda. Bu borada o‘zi bilan bog‘landik va Jamshid yaqin kunlar ichida barcha masala hal bo‘lishini aytdi. Ammo u aynan qaysi klubga yo‘l olishi borasidagi xabarga aniqlik kiritmadi. Tez orada barchasi oydinlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
17/01/2020 00:42
Кореа чемпионатига К лигага Сувонг билан 2 йилик шартнома тузиб булдику