
Jamshid Iskanderov terma jamoa o‘yini oldidan intervyu berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabrda bo‘lib o‘tadigan yig‘ini doirasidagi Suriya hamda Iroq termalariga qarshi o‘yin uchun mashg‘ulotlari boshlandi. Terma jamoamiz a’zosi Jamshid Iskanderov ham terma jamoa ixtiyoriga etib keldi va O‘FA matbuot xizmati u bilan uyushtirilgan intervyuni taqdim etdi:
"Qat’iy o‘rnatilgan karantin qoidalari tufayli terma jamoamizning o‘tgan safargi yig‘iniga etib kela olmadim. Albatta, bundan ranjidim. Milliy terma jamoa safida maydonga tushish har bir futbolchi uchun doimo yoqimli.
Koreya chempionati yakunlandi. Xudoga shukr, o‘yinlarni yaxshi o‘tkazib, o‘z yurtimga qaytib keldim. Oldimizda turgan vaqt mobaynida mashg‘ulotlarga jiddiy kirishib, sport formamizni tiklab olishga harakat qilamiz. Sheriklarim bilan birdamlikda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga ishonaman".
Fikrlar