Janubiy Koreya U-23 bosh murabbiyi: "Biz ilk maqsadimizga erishdik"
Janubiy Koreya U-23 hamda Tailand U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xvang Sun-Xong uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda yaxshi va yomon vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Gol urganimizdan so‘ng chorak finalga yanada yaqin keldik.
Biz ilk maqsadimizga erishdik. Guruhdan 1-o‘rin bilan chiqdik. Yigitlarni bu natija bilan tabriklayman.
Bosh murabbiy sifatida men xatolarsiz o‘yin o‘tkazishni istayman. Bitta gol qoniqarli bo‘lmadi. Ammo biz vazifani uddalay oldik.
Keyingi bosqichda kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar oson uchrashuv bo‘lmaydi. Buni juda yaxshi bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi mutaxassis.



Fikrlar