Jarohatdagi Abraxam tarkibdagi joyini gol urgan Shomurodovga bermoqchi emas!

  • 23 dekabr, 2021, 08:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 19-turida “Roma” futbolchilari “Olimpiko”da “Sampdoriya”ni qabul qildi. Aslida ko‘plab muxlisu mutaxassislar “Atalanta”dek kuchli jamoani raqib maydonida taslim qilgan Joze Mourino shogirdlarida joriy mavsumda ishlari yurishmayotgan genuyaliklarni osonlikcha mag‘lub etishini kutgandi.

Biroq, uchrashuvning birinchi yarmida rimliklarning o‘yini o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi daqiqasida portugaliyalik mutaxassisning ishongan hujumchisi Temmi Abraxam jarohat olib o‘yinni tark etdi. Uning o‘rniga ganalik forvard Feliks Afena-Gyan o‘yinga qo‘shildi, lekin angliyalik yulduzning yo‘qligi bilinib turdi.

Joze Mourino 67-daqiqada zaxiradan Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravini maydonga tushirganidan keyin “Roma”ning hujumkorligi sezilarli darajada oshdi. O‘zbek hujumchisi raqib jarima maydonchasi ichida noqulay vaziyatda qolganiga qaramay, gol urishga erishdi. Biroq, “Roma”ning joriy yildagi so‘nggi goli jamoa g‘alabasiga etarli bo‘lmadi. “Sampdoriya” Manolo Gabbyadinining aniq zarbasi evaziga 80-daqiqada mag‘lubiyatdan qutilib qoldi – 1:1.

Ochkolari soni 32 taga etgan “Roma” musobaqa jadvalida oltinchi pog‘onada qoldi.

1640201925_gettyimages-1360412479-612x612

Shomurodov: Maydonga gol urish uchun chiqaman!

Uchrashuv qahramoni Eldor Shomurodov o‘yindan keyin flesh-intervyu berdi.

- Men maydonga chiqqanimda har doim gol urishni istayman.

- Birinchi hujumchi yoki yarim himoyachi?

- Men uchun har ikki pozitsiyada o‘ynash qulay. Markaziy hujumchi yoki ikkinchi forvard sifatida o‘ynash borasida hech qanday muammo yo‘q.

- Mourino bilan munosabatingiz  qanday?

- Juda zo‘r. Murabbiy bizga har doim yangi narsalarni o‘rgatmoqda.

shomaaa_1

Abraxam: Og‘riq bor, lekin men “Milan”ga qarshi o‘ynayman!

Aslida angliyalik yulduzning birinchi bo‘limdagi harakatlari ham ko‘ngildagidek bo‘lmadi. U o‘yinga to‘liq tayyormasdek ko‘rindi. Ikkinchi bo‘limda o‘zini ko‘rsatishga ulgurmay, qo‘lini ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Eski jarohati bezovta qilib qoldi.

Uchrashuvdan keyin Temmi Abraxam jurnalistlarga qisqa va lo‘nda javob berdi: To‘pig‘im joyida, faqat og‘riq bor. Lekin men “Milan”ga qarshi o‘yinda o‘sha erda bo‘laman. Olg‘a “Roma”!,  - dedi Temmi Abraxam.   763ca1ac953ad65cc91e2c963aac8328

Mourino nimadan xavotirda?

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham Dazn vakillariga bergan intervyusida klubda kovid bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanini yashirmadi.

- Qishki tanaffusda ko‘p futbolchilar Rimni tark etadi. Umid qilamanki, ular qaytib kelganida kovid bilan muammo bo‘lmaydi. Mavsumni o‘tgan qismini qanday baholashim mumkin? Oldindagi jamoalarning qudratini inobatga olgan holda, bizning reytingimiz yomon emas, - dedi Joze Mourino.

3241963-66356528-2560-1440_2

Endi yangi yil munosabati bilan A Seriya jamoalari qisqa muddatli ta’tilga chiqadi. “Roma” navbatdagi uchrashuvni chempionlik uchun kurashayotgan “Milan”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv kelasi yilning 6 yanvar kuni Milan shahrida tashkil etiladi.

Mourino kutmagan vaziyat: “Roma”ning legioner hujumchisi yanvarda ketadi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

 Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!