Jasur gol urgan klub yo‘q bo‘lib ketdi

  • 14.01.2021 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati oliy ligasini so‘nggi o‘rinda yakunlagan “Smolevichi” klubi faoliyatini butunlay to‘xtatadi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda , Smolevichsk tumani rahbariyati klub direktori Aleksanr Shlikovga  jamoa birinchi liga o‘yinlarida qatnashmasligi haqida xabar berdi.

“Smolevichi” klubining barcha xodimlari, murabbiylari va futbolchilarining mehnat daftarchalari o‘tgan yilning dekabr oyidayoq ularga qaytarib berilgan.

O‘tgan chempionatda o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev “Smolevichi”  darvozasiga uchta gol urgan edi. Dastlab, “Energetik-BGU” safida o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ygan Jasur, “Shaxtyor”ga o‘tganidan keyin “Smolevichi” darvozabonini ikki marta ojiz qoldirgan.

Shuningdek, “Energetik-BGU”da o‘ynagan hamyurtimiz Shahboz Umarov ham bu jamoa darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan.

“Smolevichi” klubi 2009 yilda tashkil etilgan edi. Endi jamoa professional klub maqomini yo‘qotdi. Agar klub faoliyatini qayta tiklasa, havaskor jamoa sifatida quyi ligalarda o‘ynaydi.

Yaxshiboev ortidan “Shaxtyor”ning chempion tarkibi tarqalib ketdi

O‘zbek futbolchilari xorij klublariga yo‘l olmoqda. Ular Evropa futbolida “non” topa oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!