Jasur Jaloliddinov: Hali 100 foiz tayyor emasman
“Lokomotiv” yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov kecha Rossiya U-19 (1:3) terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoaga to‘liq moslashib oldim, ammo baribir o‘z sport formamni yanada yaxshilashim kerak. Men hali 100 foiz tayyor emasman. Yuz foiz jismoniy tayyor bo‘lmasangiz, o‘zingizni to‘liq ko‘rsatishingiz qiyin”, - deydi 18 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi.
Jaloliddinov “Lokomotiv” safiga iyul oyida “Bunyodkor”dan ko‘chib o‘tgan va “temiryo‘lchilar” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar