
Javohir Sindarov va Ortiq Nig‘matov bahsi durang bilan yakunlandi
Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Bugun ushbu turnirning 4-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Jadvalda peshqadam bo‘lib turgan vakilimiz Ortiq Nig‘matov boshqa bir hamyurtimiz Javohir Sindarov bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda durang natija qayd etildi.

















Fikrlar