
JCh-2022. Ikkinchi turda penalti qaytargan Shchensniy seyvlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Polsha terma jamoasi darvozaboni Voytsex Shchensniy bu JChda seyvlar soni bo‘yicha etakchiga aylandi. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda (2:0) posbon saudiyaliklarning 5 ta zarbasini, jumladan, Al-Dovsariyning penaltidan tepgan to‘pini qaytardi. Meksikaga qarshi o‘yinda esa u to‘rtta zarbani zararsizlantirgandi.
32 yoshli polyakning mazkur natijasi bu mundialda eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Ikkala baxsda xam Shchensniy darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Polsha oxirgi turda Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv xushtagi 30 noyabr kuni soat 00:00 da chalinadi.
Fikrlar