
"JCh-2026" finali qaysi stadionda bo‘lib o‘tadi?
FIFA rasmiy sahifasi orqali 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga oid bir qator yangiliklar bilan bo‘lishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Meksika, AQSh va Kanada mezbonlik qiladigan mundial finali "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadi. Nyu-Jersida joylashgan o‘yingoh 2010 yilda qurilgan bo‘lib, o‘z bag‘riga 82500 odamni sig‘dira oladi.
Avvalroq, "JCh-2026" ochilishi o‘yini qaerda bo‘lib o‘tishi aniq bo‘lgandi. Quyida tarixiy stadion haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Fikrlar