"JCh-2026". "G" guruhi: Misr mundialdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi, Eron va Belgiya nursiz durang qayd etdi
2026 yilgi jahon chempionati "G" guruhida 2-tur bahslari yakunlandi.
Guruhning dastlabki uchrashuvida Belgiya va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi va 0:0 hisobida durang natija qayt etishdi. Ushbu terma jamoalar 2 ta turdan so‘ng 2 ochkodan jamg‘arishdi.
Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Yangi Zelandiya va Misr o‘rtasida kechdi. O‘yinda dastlab Okeaniya vakillari hisobni ochishgan bo‘lishsada, 2-taymda misrliklar kambek amalga oshirishdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib guruhda peshqadamga aylanishdi. Bu g‘alaba Misrning mundiallardagi ilk g‘alabasiga aylandi.
3-turda Misr Eronga qarshi maydonga tushsa, Yangi Zelandiya Belgiya bilan bellashadi.
.png)

Fikrlar